13:03 / 02.09.2015
2429

Qozog‘istonda aholisi 250 kishidan ortiq barcha qishloq yuqori tezlikdagi internetga ulanadi

Qozog‘istonda 250 nafardan ziyod kishi istiqomat qiluvchi barcha qishloqlar yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlanadi. Bu haqda Investitsiyalar va taraqqiyot vaziri o‘rinbosari Saken Sarsenov ma'lum qildi.

“Mamlakatimiz hududi juda ulkan, biroq aholisi zich emas. Ayniqsa qishloq aholi punktlarida internet tezligi bilan bog‘liq muammolar mavjud. Ayni paytda hukumat 5-6 yil ichida 250 nafardan ziyod fuqaro yashaydigan qishloqlarni optik tolali aloqa bilan ta'minlash loyihasini qabul qildi”, – dedi vazir o‘rinbosari Ijtimoiy ta'minotda informatsion-kommunikatsiya texnologiyalar xalqaro konferensiyasi chog‘ida. 

Uning ta'kidlashicha, mamlakat aholisining 70 foizdan ziyodi internetga ulanish imkoniga ega. Qozog‘iston elektron hukumatni joriy etishda 193 mamlakat ichida 28-o‘rinni egallaydi. Respublikaning tarmoq tayyorgarligi bo‘yicha dunyo iqtisodiy forumida esa 143 davlat ichida 38-bo‘lib qayd etilgan.

Top