Toshiba kompaniyasi Satellite Radius 12 uskunasi anonsini o‘tkazdi. Planshet va noutbuk gibridi deb tanishtirilgan bu uskuna 12,5 dyuymli displeyga ega bo‘lib, 4K yechimini qo‘llab-quvatlaydi. Bu haqda Endgadget portali xabar bermoqda.
Yangi uskunaning vazni 1.3 kg ni, qalinligi 1.5 sm ni tashkil qiladi. 4K ekranli versiyadan tashqari, Full HD-displeyli versiya ham ishlab chiqiladi. Unga Intel’ning Skylake avlodi protsessorlari o‘rnatiladi. Noutbukning top modelida Core i7 protsessori va 8 Gb operativ xotira bo‘ladi.
Bunga qo‘shimcha ravishda Satellite Windows Hello biometrik identifikatsiya tizimini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Uskunaning boshqa tavsiflari hozircha oshkor qilinmayapti.