10:17 / 02.09.2015
3526

Yaman terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun 19 futbolchi bilan keldi

JCh-2018 hamda OK-2019 saralash “H” guruhi 3-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan Yaman terma jamoasining mazkur uchrashuv uchun tarkibi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyachi rasmiy sayti xabar bergan.

Yaman terma jamoasi bosh murabbiyi Amin Ali Husayn Toshkentga 19 nafar futbolchi bilan tashrif buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, Yaman terma jamoasi 31 avgust dushanba kuni Dubaydan Toshkentga uchib keldi. Terma jamoa O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan Ummon bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘zbekiston terma jamoasining Yamanga qarshi uchrashuvi 3 sentabr kuni “Paxtakor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi. 2 sentabr kuni esa ikki terma jamoa bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani va uning ketidan rasmiy mashg‘ulot o‘tkaziladi.

Yaman terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun tarkibi:

Darvozabonlar:

Muhammad Ibrohim Ayyash "Al Suvayq"

Samir Muhammad Solih "Al Vahda" (Ummon)

Salim Abdulloh Said "Al Hilol Al Sahili"

Himoyachilar:

Hamada Al Zubayiri "Al Ahli Sana"

Mutaz Ahmad Kaid "Al Saqr"

Abdulman Al Jarshi "Al Vahda Sana"

Ala Addin Mahdi "Shaab Ibb"

Muhammad Ali Boqshan "Al Tilol"

Mudir Abdurabu Ali Radayei "Al Ahli Sana"

Muhammad Fuad

Musleh Solih Salman

Yarim himoyachilar:

Fuad Al Omaisi "Al Tayeye" (Saudiya Arabistoni)

Ahmad Al Xaifi "Al Ahli Sana"

Volid Muhammad Al Hubaishi "Al Saqr"

Ahmad Abdulhakim Al Sarori "Al Ahli Sana"

Vohid Muhammad Al Xyyat "Al Ahli Sana"

Osama Anbar "Al Yarmuk Al Rvada"

Hujumchilar:

Ayman Al Xagri "Al Najma" (Bahrayn)

Yosir Basuhai "Al Hilol Al Sahili"

Top