12:46 / 03.09.2015
4791

“Artel” brendi ostida milliy kir yuvish mashinalari ishlab chiqaruvchici mahalliylashtirish darajasini 39 foizgacha oshirmoqchi

Kir yuvish mashinalarini ishlab chiqaruvchi “Indigo Electronics” MChJ QK yaqin ikki yilda mahalliylashtirish darajasini 39 foizga oshiradi.

“Artel” brendi ostida xo‘jalik texnikalarini ishlab chiqaruvchi korxonada 2015-2016 yillarda 22 ming dona bir tabaqali, 198 ming dona ikki tabaqali kir mashinalari ishlab chiqaradi. Ayni paytda 37,8 foiz ehtiyot qismlar ishlab chiqarilishi mahalliylashtirilgan bo‘lsa, bu daraja kelgusida 39 foizgacha oshiriladi.

Ushbu choralar O‘zbekiston hukumati qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilmoqda. Ushbu hujjatga binoan, 2015–2019 yillarda tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kir yuvish mashinalari, yonilg‘i va moyli havo filtrlari, kir yuvish kukunlari, bolalar idish-tovoq o‘yinchoqlari, turli hajmdagi quvurlar va boshqalarni ishlab chiqarish bo‘yicha 21ta loyiha kiritilgan.

Top