12:40 / 03.09.2015
2619

22 yil ichida BMT O‘zbekistonga 434 mln dollar miqdorida beg‘araz yordam ko‘rsatdi

Oxirgi 22 yil ichida BMT O‘zbekistonga iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, boshqaruv, ta'lim sohalaridagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 434 mln dollar miqdorida texnik yordam ko‘rsatdi. Bu haqda BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Stefan Prisner ma'lumot berdi.

Uning aytishicha, Farg‘ona viloyati va Qoraqalpog‘istonda yashovchi 1 mln dan ortiq odam ushbu yordam doirasida ichimlik suvi bilan ta'minlangan, bolalar bog‘chalari va birlamchi tibbiy muassasalar ta'miri amalga oshirilgan.
“O‘ylaymizki, birgalikda amalga oshirgan harakatlarimiz bilan O‘zbekiston xalqi farovonligi va mamlakatning gullab-yashnashiga hissa qo‘sha oldik”, - ta'kidladi Prisner.

Top