21:25 / 03.09.2015
7270

Aren Robben: Kosta raqiblarni hurmat qilishi va bunday finti bilan ularni kulgili holga solmasligi kerak edi

"Bavariya" jamosining gollandiyalik yarimhimoyachisi Aren Robben o‘zining yangi jamoadoshi Duglas Kostani tanqid qilib chiqdi.

U Kosta tomonidan "Bayyer"ga qarshi o‘yinda ishlatilgan "kamalak" nomli fintga e'tibor qaratgan.

"Men uning o‘rnida bo‘lganimda bu ishni o‘zimga ep ko‘rmas edim. Bu harakat chiroyli ko‘rinishi mumkin, ayniqsa Kosta o‘sha vaziyatda bu fintni maromiga yetkazib ijro etdi.
Lekin o‘sha paytda o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan edik. U esa bu harakati bilan "Bayyer" futbolchilarining dilini og‘ritdi. Menimcha, u raqibni hurmat qilishni ham o‘rganishi kerak. U o‘zini maydonda sirkdagidek tutmasligi kerak", deydi Robben.

Top