15:53 / 03.09.2015
3786

Avstraliyaning eng paxmoq qo‘yi rekord o‘rnatdi

Avstraliyadagi eng paxmoq qo‘yning yunglari ilk bor qirqib olindi, deya xabar berdi The Daily Mail. Gazetaning qayd etishicha, jonivordan qariyb 40,5 kilogrammlik yung qirqib olingan.

Jonivorlarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lishga qarshi kurashish Qirollik jamiyati (RSPCA) matbuot kotibining ma'lum qilishicha, Kris laqabli kanberra qo‘yi “o‘zini a'lo darajada his etmoqda”.

RSPCA`ning ma'lumot berishicha, Kris bir qancha muddat nazorat ostida bo‘ladi. Qirollik jamiyati yaqin orada jonivorga yangi boshpana topilishiga umid bildirmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, Kris otardan ajralib qolib, ikki yil davomida o‘z holicha yashagan.

Qo‘y yungini o‘z sohasida to‘rt karra Avstraliya chempioni bo‘lgan Yyen Elkins olgan. Krisdan jami bo‘lib 40,45 kg yung chiqqan. Bu boradagi rekord natijaga “hukumatdan besh yil yashirinib yurgan” yangi zellandiyalik Shrek 27 kglik natija bilan erishgan edi.

Top