12:13 / 03.09.2015
2190

Bloomberg: Xiaomi 2016 yilning 1-choragidan noutbuklar sotishni boshlaydi

Bloomberg agentligi manbalari Xiaomi kompaniyasining noutbuklar bozorini o‘zlashtirish borasidagi rejalari haqidagi axborotni tasdiqlashdi hamda qo‘shimcha ma'lumotlarni keltirib o‘tishdi.

Nashrning ma'lum qilishicha, Xiaomi markasi ostidagi ilk noutbuklar 2016 yilning yanvar-mart oylari sotuvga chiqarilishi mumkin. Xitoy kompaniyasi Samsung Electronics bilan xotira chiplarini yetkazib berilishi bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Xiaomi leptopi Apple MacBook Air va Lenovo ThinkPad kabi premial moddellarga raqobat tashkil qilishi taxmin qilinmoqda. Xitoy kompaniyasi bu borada izoh bermadi. Manba Xiaomi qurilmalarining ko‘rsatkichlari haqida ma'lumotga ega emas, biroq aavvalroq uning ba'zi texnik ko‘rsatkichlari keltirib o‘tilgan.

Bor-yo‘g‘i 5 yil avval tashkil etilgan Xiaomi kompaniyasi bugungi kunda o‘zining yuqori ko‘rsatkichlarga ega va nisbatan arzon smartfonlari evaziga smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar qatoriga kiradi. Agar ishlab chiqaruvchi noutbuklar borasida ham shunday arzon, sifatli mahsulotlar taklif qila olsa, unda bu Lenovo, HP va Apple kabi yetakchilarga qo‘shimcha narx bosimini o‘tkazadi, deb hisoblashmoqda Bloomberg sharhlovchilari.

Qayd etish joizki, Xiaomi sustlashib borayotgan bozorga chiqmoqda. IDC tahlilchilarining prognozlariga ko‘ra, 2015 yilda shaxsiy kompyuterlar yetkazib berish hajmi 8,7 foizga qisqaradi, tarmoqdagi ijobiy dinamika esa 2017 yildan avvalroq kuzatilmaydi. Shu bilan birga Xiaomi uchun asosiy bozor hisoblangan smartfonlar bozorida ham muammolar mavjud. Gartner’ning baholashicha, 2015 yilning 2-choragida smartfonlar savdosi o‘sishi 2013 yildan beri kuzatilgan eng kam ko‘rsatkichni namoyon qildi.

Top