08:05 / 03.09.2015
2053

Churkin: Rossiya BMT Xavfsizlik kengashi ruxsatisiz “IShID”ga qarshi kurashmaydi

Churkin: Rossiya BMT Xavfsizlik kengashi ruxsatisiz “IShID”ga qarshi kurashmaydi

Rossiya BMT Xavfsizlik kengashi ruxsatisiz “IShID”ga qarshi kurashishni mo‘ljallamayapti, deb aytdi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin.

“Biz BMT Xavfsizlik kengashi ruxsatisiz koalitsiyaga kirmaymiz. Ular Suriya hukumati, Xavfsizlik kengashining ruxsatisiz Suriyani bombardimon qilishmoqda. Bilishimcha, ular Iroqda bunga juda bo‘lmasa hukumatning ruxsatini olishgan. Biroq Suriyada emas”, deb aytmoqda Churkin.  

Churkinning aytishicha, AQSh boshchilik qilayotgan koalitsiya Suriyada birinchi navbatda kimga – Bashar Asad hukumati yoki “IShID”ga qarshi kurashayotganini ham aniq bilmaydi.  

“Bizning fikrimizcha, hozirda ustuvor vazifa “IShID”ga qarshi kurashish hisoblanadi. Biroq koalitsiyadagilar kim bilan – Suriya hukumati yoki “IShID”ga qarshi kurashish borasida tanlay olmayaptilar”, deb ta'kidlamoqda Churkin.

Top