23:16 / 03.09.2015
2302

Kamerunda terakt qurbonlari soni ikki barobarga ko‘paydi

Kamerunning shimolida yuz bergan terakt qurbonlari soni 2 barobarga ko‘paydi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Kamerun hukumati vakilining ma'lum qilishicha, terakt oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, 143 kishi yaralandi. Avvalroq 10 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Portlashlardan biri “Boko Harom” terrorchilik guruhiga qarshi kurash olib boruvchi qurolli kuchlar lageri yaqinida sodir bo‘ldi. Ikkinchi portlash esa bozorda sodir etildi.

Top