20:43 / 03.09.2015
2323

Mitsubishi dvigateldagi muammo tufayli 450 mingta mashinani qaytarib olmoqda

Mitsubishi Motors avtokonserni Yaponiyada 450 mingga yaqin avtomobillarni qaytarib olmoqda, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» axborot agentligi.

2014 yilning aprelidan 2015 yilning iyunigacha bo‘lgan davrda ishlab chiqarilgan eK va DAYZ ixcham modellari qaytarib olinmoqda. Avtomobillarning ortga qaytarib olinishiga avtomobilning tutun chiqarish tizimidagi mexanizmlarning biridagi nosozlik sabab bo‘lgan. Bu nosozlik dvigatelning to‘satdan to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin.

Kompaniya o‘z mijozlaridan ushbu muammo bo‘yicha 2,7 mingta shikoyat oldi. Biroq shunga qaramay, nosozlik tufayli yuzaga kelgan biror-bir noxush voqea haqida ma'lumotlar keltirilmagan.

Top