11:32 / 03.09.2015
2526

ShHT Bosh kotibi Moskva va Pekindagi g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan marosimlarga nisbatan o‘z samimiyatini bildirdi

Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Ikkinchi jahon urushi tugallanganining 70 yilligi, Xitoy poytaxti Pekin shahrida esa Ikkinchi jahon urushi tugallangani hamda xitoy xalqining yapon imperializmi zulmidan xalos bo‘lganining 70 yilligiga bag‘ishlangan marosimlar tantanavorlik va samimiylik ruhida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) bosh kotibi Dmitriy Mezentsev TASS nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Mezentsev mehmon sifatida Xitoy qurolli kuchlarining Tyananmen maydonidagi harbiy paradini tribunada tomosha qildi. Uning qayd etishicha, asosiy hurmat-e'tibor 70 yil muqaddamgi katta avlod vakillariga qaratildi.

“Bizdan ancha ilgari sodir bo‘lgan mazkur hodisalar tarixiy saboq chiqarishga undaydi, ushbu hodisalar hech qachon yoddan chiqmasligi lozim, – dedi ShHT bosh ktibi. — Dunyo xavfsiz bo‘lib qolmadi. Biz o‘n yil keyingi barqarorlikni ta'minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishimiz kerak”.

Top