12:09 / 03.09.2015
2052

Termizda O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasining ikkinchi bosqichi ishga tushirildi

Surxondaryo viloyatining markazi Termiz shahridagi Nova Pharm O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasining ikkinchi bosqichi ishga tushirildi. Bu haqda “Oila davrasida” gazetasi xabar berdi.

“Bu bilan sifatli va noyob kunun, shifobaxsh damlama va hamda turli siroplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, 35 kishi ish bilan ta'minlandi”, - deyiladi xabarnoma matnida.
Ta'kidlanishicha, ikkinchi navbatning ochilishi O‘zbekiston mustaqilligining 24 yillik bayramiga mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, viloyatda bayram munosabati bilan yana bir qancha obektlar ishga tushirildi.

Top