17:21 / 04.09.2015
4772

24-26 sentabr kunlari Yoshlar ijod saroyida “Ta'lim va Karera” 13-Xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Joriy yilning 24-26 sentabr kunlari Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi, “EXPOCONTACT” MChJ tomonidan “Ta'lim va Karera” 13-Xalqaro Ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Ko‘rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad – yoshlarni mamlakatimiz hamda xorijdagi yetakchi oliy ta'lim muassasalarida mavjud mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishtirish, yurtimizda ta'lim sohasida erishilgan yutuqlarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, yoshlarni ta'limning keyingi bosqichlari bilan tanishtirish, yoshlarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma'lumotlar berish va ularning bandligini ta'minlash hamda o‘quv yurtlarini jihozlash uchun ishlab chiqarilgan, texnik vositalar, o‘quv-metodologik adabiyotlar, ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta'minlashning eng oxirgi yutuqlari bilan tanishtirishdan iborat.

Top