16:13 / 04.09.2015
2812

Beeline Toshkentda o‘nlab yangi baza stansiyalarni ishga tushirdi

Aloqa operatori Beeline Toshkentda GSM va 3G tarmoqlari qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Olmazor, Bektemir, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida yangi asosiy stansiyalar o‘rnatildi.
“Beeline tarmog‘ining ishonchli qoplami uchun biz ish olib boramiz, va bu kompaniyamiz sohadagi innovatsion yetakchi bo‘lib qolishining omilidir, – deydi Unitel‘ning Toshkent hududiy filiali direktori Dmitriy Resh. – Yangi asosiy stansiyalar poytaxtdagi ovozli aloqa va mobil Interetning sifati jiddiy yaxshiladi, va bu ish davom etmoqda”.
Qo‘shimcha uskunalarni o‘rnatish natijasida Qo‘yliq mavzesida, Olmazor tumanining Minor ko‘chasida, Chilonzor tumanining Chilonzor-3 mavzesida, Yunusobod tumanining Moyqo‘rg‘on ko‘chasi va Chimkent trakti keng ko‘chasi bo‘ylab signalning yuksak darajasi ta'minlandi. Yashnobod tumanining Farg‘ona Yo‘li ko‘chasi bo‘ylab va Tuzel mavzesida, Olmazor tumanining Minor ko‘chasida, Mirzo Ulug‘bek tumanining Chust va Intizor ko‘chalarida aloqa signali yaxshilandi.

Top