20:42 / 04.09.2015
3580

Buxorolik savdogar qo‘shnisining do‘koniga o‘g‘rilikka tushib, 32 mln so‘mlik mollarni o‘g‘irlab ketdi

Buxorolik savdogar qo‘shnisining do‘koniga o‘g‘rilikka tushib, 32 mln so‘mlik mollarni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

1985 yilda tug‘ilgan Shavkat Shodmonov asli buxorolik bo‘lib, bir necha yil davomida poytaxtdagi savdo markazlaridan birida do‘kon ijaraga olib ishlatgan. 2015 yil 29 yanvardan 30 yanvarga o‘tar tunda u qo‘shni do‘konga o‘g‘irlikka tushib, savdogar M. Samatovaga tegishli 32 mln so‘mlik 20 dona ayollar oyoq kiyimni o‘g‘irlab chiqqan. So‘ng bu mollarni G‘ijduvon bozoriga olib kelib, 35 mln so‘mga sotib yuborgan.

Jinoyat jabrlanuvchining murojaatiga ko‘ra tezda fosh etilib, jinoyatchi qo‘lga olindi. Shodmonov yetkazilgan zararning 6 mln so‘mini qoplab bera oldi.

Sud uni to‘la ozodlikdan mahrum qilishga qaror qildi, negaki bunga qadar u sudlangan bo‘lib, shartli muddatda yurgan edi.

Top