06:59 / 04.09.2015
3634

Eron Suriyaga mamlakatdagi inqirozni hal qilish rejasini yubordi

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Husayn Amir Abdullohiyonning aytishicha, Eron Suriyaga mamlakatdagi inqirozni hal qilishning o‘z rejasini yubordi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

Abdullohiyonning ta'kidlashicha, Suriya prezidenti Bashar Asad “bu taklifni ijobiy qarshiladi va uni Eron tomonidan bildirilgan konstruktiv siyosiy tashabbus deb baholadi”. Tomonlar tashqi ishlar vazirlari darajasida aloqalarni saqlab qolgan holda dastlabki g‘oyalarni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga keldilar.

Abdullohiyon ayni paytda Eron tomonidan bildirilgan taklifning detallarini oshkor eta olmasligini aytdi, biroq bu inqirozni Asadning bevosita ishtirokisiz hal qilishning imkoni yo‘qligini ta'kidlab o‘tdi.

Top