10:13 / 04.09.2015
3886

Futbol bo‘yicha Italiya chempionati V seriyasida fair play harakatlari uchun yashil kartochka joriy etiladi

2015/16 mavsumida hakamlar futbol bo‘yicha Italiya chempionati V seriyasida fair play qoidalariga rioya qilgan futbolchilarga yashil kartochka ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda Forza Italian Football portalida ma'lum qilindi.

Yashil kartochka futbol hisobotida qayd etiladi. Shu yo‘l bilan V seriyasi rahbariyati kartochkalar qo‘llanilishini sinovdan o‘tkazib, boshqa diviziyalarga ularning qay darajada samara keltirishini ko‘rsatib berishadi.

V seriyaning dastlabki uchrashuvlari 5-6 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

2014 yilning oktabr oyida Yevropa futbol assotsiatsiyalari kengashi (UYeFA) prezidenti Mishel Platini tajovuzkor futbol ko‘rsatgan va hakamga e'tiroz bildirgan o‘yinchini maydondan 5-10 daqiqa chetlatib, turuvchi oq kartochkalarni qo‘llash taklifini ilgari surgan edi.

Top