11:06 / 04.09.2015
2792

IFA 2015: Lenovo kompaniyasi YOGA Tab 3 8" va 10" planshetlarini namoyish qildi

Lenovo kompaniyasi IFA 2015 ko‘rgazmasida namoyish qilgan yangi YOGA Tab 3 8" va 10" planshetlarining ikkisi ham ularga jurnal ko‘rinishini beradigan silindrik detalli an'anaviy dizayn, qurilmalardan turli rejimlarda foydalanish, stolda o‘rnatish va devorga osish imkonini beradigan teshikka ega orqaga tashlanuvchi taglik bilan jihozlangan.

Lenovo YOGA Tab 3 8" va YOGA Tab 3 10" planshetlari arzon narxlar segmentiga tegishli bo‘lib, Android 5.1 Lollipop operatsion tizimi ostida ishlaydi va 1,3 GGts takt chastotasiga ega 4 yadroli Qualcomm protsessoriga ega. Ikkala model ham Dolby Atmos 3D Surround Sound audiotexnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi stereodinamiklar va aylanuvchi modulda joylashgan 8 Mp li kamera bilan jihozlangan.

YOGA Tab 3 8" plansheti 1280 × 800 nuqtali ko‘rsatish qobiliyatiga ega IPS-displey bilan jihozlangan. Uning diagonali nomida aytib turilgandek 8 dyuymga ega. Planshetda 1 Gb tezkor xotira, microSD xotira kartalari hisobiga 128 Gb gacha oshiriluvchi 16 Gb flesh-xotira o‘rnatilgan. Planshetning ishlashiga 6200 mA•soat hajmga ega batareya javob beradi.

YOGA Tab 3 10” modeli 10,1” o‘lchamdagi 1280 × 800 nuqtali ko‘rsatish qobiliyatiga ega displey, 1 Gb tezkor xotira, 16 Gb flesh-xotira, 128 Gb gacha oshirish mumkin bo‘lgan microSD xotira kartasi, 8400 mA•soat hajmli batareyadan tashkil topgan.

Ikkala planshet ham stilus sifatida istalgan metall yoki tok o‘tkazuvchi materialdan tayyorlangan buyumni ishlatish imkonini beradigan AnyPen texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
YOGA Tab 3 8” 1 oktabrdan sotuvga chiqariladi. Planshetning Wi-Fi’ni qo‘llab-quvvatlovchi varianti 169 dollardan, LTE-modemga ega varianti 199 dollardan sotiladi.
YOGA Tab 3 10” esa 1 noyabrdan Wi-Fi’ni qo‘llab-quvvatlovchi varianti 199 dollardan, LTE-varianti esa 249 dollardan sotuvga chiqariladi.

Top