16:19 / 04.09.2015
2681

"IShID" Palmira arxeologik kompleksidagi bir nechta maqbara minoralarini portlatib yubordi

"IShID" jangarilari Suriyaning Palmira arxeologik kompleksidagi uchta maqbara minorasini portlatib yubordi, deya xabar bermoqda VVS.

Mahalliy ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, portlatilgan minoralar kompleksdagi nisbatan yaxshi saqlanib qolgan tarixiy arxitektura obektlari edi. Mazkur minoaralar shahar devorlari tashqarisida joylashgan bo‘lib, Palmirada istiqomat qilgan boy xonadonga tegishli bo‘lgan.

Bundan avvalroq "IShID" jangarilari Baal-Shamin va Bel butxonalarini ham portlatib yuborgan edi.

Palmira antik davrdan keyingi boy shaharlardan biri bo‘lib, Suriya sahrolaridagi vohalardan birida joylashgan. Qadimiy kompleks YuNeSKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Top