17:11 / 04.09.2015
2533

Kamerun shimolida sodir etilgan portlashlar qurbonlari soni 42 nafarga yetdi

Kamerun shimolida ikki bor sodir etilgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 42 nafarga yetdi, 100ga yaqin kishi jarohat oldi, deya xabar berdi Sinxua axborot agentligi.

Hodisa Nigeriya bilan chegaradosh Kerava shahrida juma tongida sodir bo‘ldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, birinchi portlash mahalliy vaqt bilan 11:00 (Toshkent vaqti bilan 15:00)da sodir bo‘lgan. Oradan bir oz vaqt o‘tib harbiy lager yaqinida yana bir portlash sodir etildi. Portlovchi qurilmalar terrorchi-hudkushlar tomonidan harakatga keltirilgan.

“Qurbonlar soni juda ko‘p, ayni paytgacha biz 42 kishini sanadik”, – deya xabar qilgan axborot manbasi.

Bu Kamerunda so‘nggi uch oydagi yettinchi hodisadir.

Ayni paytda birorta ham terroristik guruh portlash bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

Top