15:24 / 04.09.2015
2587

Kreml: Obama va Putinning uchrashuvi rejalashtirilmayapti

AQSh va Rossiya prezidentlarining uchrashishi masalasi hozircha kun tartibida yo‘q. Bu haqda Kreml ma'muriyati rahbari Sergey Ivanov ma'lumot berdi.

“Bilishimcha, hozircha Vladimir Vladimirovichning (Putinning) Obama bilan uchrashuvi rejada yo‘q”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Ilgariroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh tomon “belgi” bergan taqdirda ikki davlat rahbarining uchrashuvi o‘tkazilishi mumkinligini aytgan edi.

Top