06:08 / 04.09.2015
3885

Misrlik milliarder muhojirlar uchun orol sotib olib berishga tayyorligini ma'lum qildi

Misrlik milliarder Nagib Saviris o‘zining tvitterida Yevropa Ittifoqiga kelayotgan muhojirlarni joylashtirish va ularga yashash uchun sharoitlarni yaratish maqsadida Gretsiya yoki Italiyadan orol sotib olish niyatidaligini bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

“Gretsiya va Italiya orol sotsin, men bu orolning mustaqilligini e'lon qilib, u yerda muhojirlarni qabul qilaman va ularni o‘zlarining yangi davlatlarini yaratishlari uchun ish bilan ta'minlayman”, deb aytmoqda milliarder.

Qayd etilishicha, Saviris unga 10 mln dollardan 100 mln dollargacha aylanadigan bitimga tayyor. Shu bilan birga milliarder katta miqdordagi odamlar yashashi uchun barcha zarur infratuzilmani yaratish o‘ta murakkab vazifa ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Top