22:08 / 04.09.2015
24405

O‘zbekiston IIV: Toshkentda yuz bergan “portlash” o‘quv mag‘shulotlarining bir qismi bo‘lgan

4 sentabr Toshkentning Chorsu bozori yaqinida tushlik paytida sodir bo‘lgan “portlash” Toshkent ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasi bo‘linmalarining o‘quv mashg‘uloti ssenariysining bir qismi bo‘lgan, deb O‘zbekiston IIV matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda RIA "Novosti" axborot agentligi.

“Soat 13:32da Toshkentdagi masjidlarning birining yonida joylashgan avtobuslar bekatida shartli terrorchi qo‘lbola portlovchi qurilmani harakatga keltirdi. Shundan keyin “trevoga” buyrug‘i bilan shahar militsiyasi kuchlari va vositalari oyoqqa turg‘azildi va ichki yo‘riqnomalarda talab qilinganidek portlash yuz bergan hudud o‘rab olindi”, deb aytilmoqda matbuot xizmatida.

O‘quv mashg‘ulotlari ssenariysi bo‘yicha bir vaqtning o‘zida “jinoyatchini” qidirish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari tashkil etildi va 15 daqiqadan keyin qo‘shni hududda bu “jinoyatchi” qo‘lga olindi.
“O‘quv mashg‘ulotlari ssenariysi maksimal darajada real vaziyatga yaqinlashtirildi. Uning muhim tashkil etuvchisi Toshkentning boshqa tezkor javob berish xizmatlari – o‘t o‘chiruvchilar, FVV, tibbiy yordam xizmatining hushyorligi va tezkorligini tekshirish bo‘ldi”, deb izoh bermoqda O‘zbekiston IIV vakili. Uning ta'kidlashicha, mashg‘ulotning birinchi bosqichida bu xizmatlar mashg‘ulotlar o‘tkazilishi haqida oldindan xabardor etilmaganlar.

Top