09:33 / 04.09.2015
2342

Pentagon o‘z laboratoriyalarida xavfsizlik tekshiruvini olib bormoqda

Pentagon o‘ziga tegishli 9 harbiy laboratoriyada xavfsizlik tekshiruvlarini o‘tkazishni boshladi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda. Mudofaa vazirligining tarqatgan xabarnomasida aytilishicha, tekshiruv birinchi navbatda patogen va toksinlarni qamrab oladi.

“AQSh armiya vaziri Jon Makxyu Pentagonning barcha 9 laboratoriyasida va tirik yoki inaktivatsiya qilingan o‘ta xavfli patogen va toksinlarni ishlab chiqarish, jo‘natish va qayta ishlashda ishtirok etadigan boshqa obektlarda tekshiruvlarni boshlashga ko‘rsatma berdi”, - deyiladia hujjatda.

Top