00:27 / 04.09.2015
3399

Sayohatchi kurtkasi Kickstarter’da 8 mln dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi

Baubax LLC kompaniyasining kattagina funksionalga ega sayohatchi kurtkasi Kickstarter kraudfanding maydonchasida talab qilingan 20 ming dollar o‘rniga 8 mln dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.

Kurtkaning o‘ziga xos jihatlari orasida unda uxlash uchun niqob, yopinchig‘ida puflanuvchi yostiq, hujjatlar va mobil texnika (shu jumladan iPad uchun cho‘ntak) uchun bir nechta yashirin cho‘ntaklari borligini aytib o‘tish mumkin. Ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, “qo‘lni isituvchi” cho‘ntaklarning mavjudligiga e'tiborni qaratmoqdalar.

Kurtkada ko‘plab cho‘ntaklar va bo‘limlarning borligiga qaramasdan, u juda oddiy va zamonaviy ko‘rinishga ega. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar kurtkani 4 ta: tolstovka, vetrovka, bomber va bleyzer modifikatsiyasida taqdim qilmoqdalar.

Innovatsion krutkaning narxi yetkazib berish bilan birga 160 dollarni tashkil qiladi, biravakayiga bir nechtasini sotib olish imkoni mavjud.

Top