18:28 / 04.09.2015
5170

Solikamskdagi jarlik 9 oy ichida 25 barobarga kengayib ketdi

Rossiyaning Permsk o‘lkasidagi Solikamskda yer o‘pirilishi natijasida hosil bo‘lgan jarlik 9 oy ichida 25 barobarga kengayib ketdi. Dastlab uning o‘lchovlari 20 m ga 30 m ni tashkil qilgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkichlar 122 m ga 125 m ni tashkil qilmoqda.

30 avgust kuni “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘idagi “Solikamsk” guruhida ushbu joydan vertolyotda olingan suratlar joylashtirildi.
Bu hududda yer o‘pirilishi 2014 yilning 18 noyabr kuni sodir bo‘lgan edi. Rostexnadzorning maxsus komissiyasi voqea joyini o‘rganib, o‘pirilish 1995 yilda sodir bo‘lgan zilzila oqibati ekanligini aniqladi.

Top