15:32 / 04.09.2015
3065

Suriyalik muhojirlar Yevropaga Rossiyaning shimoli orqali borishni yo‘lga qo‘ymoqda

Suriyalik qochqinlar Yevropaga borishning yangi yo‘nalishini topishdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.
Ko‘plab suriyalik qochqinlar bugungi kunda Yevropaga yetib olish uchun Rossiyaning shimoliga yo‘l olmoqda. Muhojirlardan birining nashr muxbiriga aytishicha, Murmansk viloyatidan Norvegiyaga bor-yo‘g‘i 3 soatda yetib olish mumkin.

Gazeta suhbatdoshi, Suriyaning Hama shahridan qochgan o‘qituvchi Bayrutdan Moskvaga samolyotda yetib olish uchun 1 600 dollar to‘lagan. U, shuningdek, Rossiya vizasi uchun 250 dollar to‘lagan, sayohatning qolgan qismiga esa 550 dollar sarflagan. U bor mulkini ryukzak ichiga solib, sovuq havoda velosipedda manziliga yetib borgan.
Bu hududda Rossiya va Norvegiya o‘rtasidagi yagona nazorat punkti Sturskugdir. U orqali joriy yilda Norvegiyaga 150 muhojir o‘tdi.
Norvegiya YeI a'zosi bo‘lmasa ham, vizasiz zonaga kiradi, shu bois u orqali Yevropaning istalgan davlatiga borish mumkin.

Qochqinlarning ta'kidlashicha, Rossiya va Norvegiya chegarasi Gretsiya va Italiya qirg‘og‘iday qattiq qo‘riqlanmaydi, shu bois kelajakda yanada ko‘proq muhojirlar shu yo‘l orqali Yevropaga o‘tishi mumkin.

Top