Turkiya parlamenti Iroq va Suriya hududiga IShID jangarilariga qarshi kurash uchun harbiylarni kiritish to‘g‘risidagi hujjat kuchini yana bir yilga uzaytirdi, deya xabar tarqatdi Reuters.
Ayni paytda, Turkiya milliy xavfsizlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid bo‘lmas ekan, yer usti harbiy amaliyotlarini boshlashga shoshilmayapti.
O‘tgan hafta esa Turkiya aviatsiyasi AQSh boshchiligidagi IShIDga qarshi kurash koalitsiyasiga qo‘shilgan edi.