09:36 / 04.09.2015
2924

Xitoy kompaniyasi Rossiya portiga 1 mlrd dollar pul tikishi mumkin

Xitoyning Yingkou Port Group kompaniyasi Rossiyadagi Sharqiy port infrastrukturasini rivojlantirishga 1 mlrd dollar investitsiya kiritishi mumkin. Bu haqda TASS agentligiga Sharqiy iqtisodiy forum chog‘ida kompaniya direktorlar kengashi raisi Li Xechjun ma'lumot berdi.

“Investitsiyalar hajmiga kelsak, ular 500 mln, 800 mln va hatto 1 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin”, - ta'kidladi biznesmen.
Uning aytishicha, ayni paytda loyihani amalga oshirish uchun ishonchli sherik qidirilmoqda.
Birinchi Sharqiy iqtisodiy forum Rossiyaning Vladivostok shahrida bo‘lib o‘tmoqda. U 5 sentabr kuni yakuniga yetadi.

Top