11:27 / 05.09.2015
3413

101 yoshli o‘zbekistonlik ayol: bugungi farovon zamon sehrli tushga o‘xshaydi

Xatirchilik 101 yoshli Umit momo Yo‘ldosheva o‘zbekiston rahbarining 26 avgustdagi farmoni bilan 14 kishi qatorida “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Umit momo 10 farzandning onasidir.

Shuningdek, uning 56 nevarasi, 105 evarasi va 45 chevarasi bor.
“Znamya drujby” nashrining yozishicha, shanba kuni Navoiy viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ayolga “Shuhrat” medalini topshirdi va mustaqillikning 24 yilligi bilan tabrikladi.
“Bizning avlod ko‘p qiyinchilik va yo‘qotishlarga duchor bo‘ldi, - dedi 101 yoshli keksa ayol medalni qabul qilib olganidan so‘ng. - Bugungi farovon zamon sehrli tushga o‘xshaydi, lekin bularning hammasi haqiqatdir.

Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik hukm sursin, uylarda to‘kin-sochinlik bo‘lsin, bolalarimiz esa katta bo‘lganidan so‘ng mamlakatga xizmat qilishsin, o‘lkamizni, mustaqilligimizni ko‘z qorachig‘iday asrasin”.

Top