12:28 / 05.09.2015
2726

Yevro-2016 saralash bosqichi, D guruh: Gruziya Shotlandiyani, Germaniya Polshani yutdi

Yevro-2016 saralash bosqichi D guruhi 7-turida Gruziya terma jamoasi o‘z uyida Shotlandiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Tbilisidagi “Dinamo-Arena — Boris Paychadze” stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdagi yagona to‘pni 37-daqiqada Valeriy Kazaishvili kiritdi.

Yevro-2016. D guruhi. 7-tur
Gruziya – Shotlandiya – 1:0
Gollar: Kazaishvili, 37 (1:0).
Ogohlantirishlar: Kashiya, 10; Jano, 44; Navalovskiy, 78 (Gruziya).

Shu guruhdan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda Germaniya Polsha bilan uchrashdi. Uchrashuv Frankfurtda bo‘lib o‘tdi va 3:1 hisobida nemislar hisobiga hal bo‘ldi.

Germaniya terma jamoasida to‘plarni Tomas Myuller va Mario Gyottse (dubl) kiritdilar. Javob to‘pini o‘z hisobiga Robert Levandovski yozib qo‘ydi. Shu g‘alaba evaziga Germaniya 16 ochko to‘plagan holda D guruhi peshqadamiga aylandi. Polsha 14 ochko bilan 2-o‘rinni egallamoqda.

Germaniya – Polsha – 3:1
Gollar: Myuller, 12 (1:0); Gyottse, 19 (2:0); Levandovski, 36 (2:1); Gyottse, 82 (3:1).
Ogohlantirishlar: Kroos, 61; Shvaynshtayger, 79 – Rybus, 8; Grositski, 66.

Guruhdan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda Irlandiya mehmonda Gibraltarni 0:4 hisobida mag‘lub etdi. Gollarni Sayrus Kristi, Robbi Kin (dubl) va Sheyn Long kiritdilar. Irlandlar 12 ochko jamg‘argan holda guruhda 3-o‘rinni egallamoqdalar. Gibraltar esa birorta ham ochko qo‘lga kiritmagan holda oxirgi o‘rinni egallamoqda.

Gibraltar – Irlandiya – 0:4
Gollar: Kristi, 27 (0:1); Kin, 50 (0:2); Kin, 52 (0:3, pen); Long, 79 (0:4).
Ogohlantirishlar: Kasharo, 9; Barnett, 48 – Uolters, 42.

D guruhidagi vaziyat: 1. Germaniya — 16 ochko (7 ta o‘yin); 2. Polsha — 14 (7); 3. Irlandiya — 12 (7); 4. Shotlandiya — 11 (8); 5. Gruziya — 9 (8); 6. Gibraltar — 0 (7).

Top