14:29 / 05.09.2015
2292

Yevro-2016 saralash bosqichi, F guruh: Finlyandiya Gretsiyani mag‘lub etdi, Vengriya-Ruminiya o‘yinida hisob ochilmadi

Yevro-2016 saralash bosqichi F guruhi 7-turida Finlyandiya mehmonda Gretsiyani 0:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona to‘pni 75-daqiqada Yoel Poxyanpalo kiritdi.

Yevro-2016. F guruhi. 7-tur
Gretsiya – Finlyandiya – 0:1
Gol: Poxyanpalo, 75 (0:1).
Ogohlantirishlar: Aravidis, 52; Papastatopulos, 90+4 – Arayuuri, 48.

Budapeshtda bo‘lib o‘tgan Vengriya-Ruminiya juftligida g‘olib aniqlanmadi. Uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlandi.

Vengriya – Rumyniya – 0:0
Ogohlantirishlar: Tejyer, 48; Salai, 62; Leandro, 68 – Popa, 21; Kirikesh, 50; Kesheryu, 63; Kipchu, 73.

Guruhning yana bir uchrashuvida Shimoliy Irlandiya Farer orollari bilan uchrashdi. O‘yin 1:3 hisobida mehmonda to‘p surgan irlandlar hisobiga hal bo‘ldi. Irlandlar safida to‘plarni Garet Makauli (dubl) va Kayl Lafferti kiritdi. Orolliklar safida Yoxan Edmundsson bitta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Farer orollari – Shimoliy Irlandiya – 1:3
Gollar: Makauli, 12 (0:1); Edmundsson, 36 (1:1); Makauli, 71 (1:2); Lafferti, 75 (1:3).
Ogohlantirishlar: Edmundsson, 6; Xanssen, 70 – Maklaflin, 22; Madjyennis, 73.
Chetlatish: Edmundsson, 65 (Farer orollari).

F guruhidagi vaziyat: 1. Shimoliy Irlandiya – 16 ochko (7 o‘yin); 2. Ruminiya – 15 ochko (7); 3. Vengriya – 12 ochko (7); Finlyandiya – 7 ochko (7); 5. Farer orollari – 6 ochko (7); Gretsiya – 2 ochko (7).

Top