14:21 / 05.09.2015
2222

Yevro-2016 saralash bosqichi, I guruh: Serbiya Armanistonni mag‘lub etdi, Daniya va Albaniya durrang natija qayd qilishdi

Yevro-2016 saralash bosqichi I guruhi 7-turida Serbiya Armaniston bilan uchrashdi. Uchrashuv serblarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida Levon Ayrapetyan o‘z darvozasiga avtogol kiritdi, 53-daqiqada esa Adem Lyaich 2-to‘pni kiritdi. Uchrashuv Serbiyaga Albaniya bilan uchrashuv natijalariga ko‘ra solingan jazo sababli tomoshabinlarsiz o‘tdi.

Guruhning yana bir uchrashuvida Daniya va Albaniya to‘qnashdi. Uchrashuvda g‘olib aniqlanmadi – o‘yinda 0:0 durrang hisob qayd etildi.

Yevro-2016. I guruhi. 7-tur
Serbiya – Armaniston – 2:0
Gollar: Ayrapetyan, 21 (1:0, avtogol); Lyaich, 53 (2:0).
Ogohlantirishlar: Ivanovich, 45; Mitrovich, 54 – Kazaryan, 43.

Daniya – Albaniya – 0:0
Ogohlantirishlar: Yakobsen, 32; Kyayer, 86 – Agoli, 32; Ayyeti, 75; Kukeli, 77; Jaka, 86.

I guruhidagi vaziyat: 1. Portugaliya — 12 ochko (5 o‘yin); 2. Albaniya — 12 (6); 3. Daniya — 12 (7); 4. Serbiya — 4 (7); 5. Armaniston — 1 (7).

Top