14:45 / 05.09.2015
3445

IFA 2015da barmoq izlari, ko‘z va ovoz skaneriga ega smartfon taqdim etildi

IFA 2015 iste'mol elektronikasi ko‘rgazmasi doirasida Xitoyning ZTE kompaniyasi biometrik himoyaga ega smartfoni taqdimotini o‘tkazdi.

Barmoq izlaridan tashqari, uskuna ko‘z va ovoz skaneriga ham egadir.

Smartfon, shuningdek ikkita asosiy kameraga ega (13 va 2 Mp li). Frontal kamera sensorli bo‘lib, 8 Mp lidir.
ZTE Axon Elite plastik korpus bilan qoplangan. Uskuna FullHD yechimli va Gorilla Glass 2.5D himoya oynasiga ega 5.5 dyuymli displeyga ega. U 64 bitli 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 810 chipset asosida ishlaydi.

Operativ xotira hajmi 3 Gb ni tashkil qiladi, qurilgan flesh-jamlovchi 32 Gb hajmga ega, uni 128 Gb gacha kengaytirish mumkin. Akkumulyator hajmi 3000 mA/soat. Uskuna, shuningdek, OS Android 5.0 Lollipop dasturida ishlaydi.
Smartfon shu yilning sentabr oyi oxirida sotuvga chiqariladi.

Top