18:20 / 05.09.2015
2595

Navoiyda keksalarga bag‘ishlangan aksiya o‘tkazildi

Navoiy shahri yoshlar markazida “Keksalarning duosini olaylik” va “Keksasi bor xonadon — fayzli xonadon” nomli aksiyalar o‘tkazildi. Unda keksa yoshli navoiyliklar, tadbirkorlar, hunarmandlar, NNT vakillari va yoshlar ishtirok etdi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi xabar berdi.
Aktsiya doirasida markaz faollari o‘z ijod namunalari ko‘rgazmasini uyushtirishdi.
Tadbir davomida ma'lum qilinishicha, bugungi kunda viloyatda 115 yoshdagi 2 kishi yashaydi. Shuningdek, viloyatda 100 yoshdan oshgan 27 kishi, 60 yoshdan oshgan 44 ming kishi yashab kelmoqda.

Top