14:11 / 05.09.2015
5436

Rossiyani Amur orqali Xitoy bilan bog‘laydigan ko‘prikning narxi oshkor qilindi

Amur daryosi orqali ikki davlatni bog‘laydigan avtomobil ko‘prigi qurilishiga 16 mlrd rubl sarflanadi. Bu haqda Sharqiy iqtisodiy forum chog‘ida Amurbo‘yi viloyati rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksandr Kozlov aytib o‘tdi.

“3 sentabr kuni XXRda hukumatlararo kelishuv imzolandi. Amur orqali o‘tadigan avtomobil yo‘lining, shuningdek, Xeyxe va Blagoveshchenskni bog‘laydigan yo‘lning qurilishi haqida”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Uning ta'kidlanishicha, ko‘prik qurilishiga federal byudjyet mablag‘lari sarflanganmagan: “Ko‘prik loyihasiga federal byudjyetdan bir rubl ham olganimiz yo‘q. Biz loyihalashtirish bosqichidamiz. Qurilishning loyihaviy qiymati 16 mlrd rublni tashkil qiladi”.
Avtomobil yo‘lining qurilishiga 4 vaqt ketadi, loyiha aynan shu muddatga belgilangan.

Top