12:34 / 05.09.2015
5265

Shotlandiya kompaniyasi O‘zbekistondagi yog‘ zavodini xarid qildi

Shotlandiyaning Newgen Trade Ld kompaniyasi Buxorodagi “Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi” AJning 27.85 foizini sotib oldi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati tarqatgan xabarnomadan ma'lum bo‘ldi.

O‘zbekiston rahbarining 2015 yil 28 aperilidagi “Iqtisodiyotda xususiy mulk ahamiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mamlakat yaqin 2 yil davomida bozorga qo‘shimcha aksiyalar chiqarish hisobiga mamlakatning 14 yog‘ kombinatlaridagi davlat ulushini 51 foizga tushirish rejalashtirilgan. Ushbu xarid mana shu qaror ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Top