17:34 / 05.09.2015
2843

Tyantszindagi portlash qurbonlari soni 161 nafarga yetdi

12 avgust kuni Xitoy shimolidagi Tyantszin shahrida joylashgan kimyoviy mahsulotlar omborida ro‘y bergan portlash qurbonlari soni 161 nafarga yetdi, yana 12 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda 5 sentabr kuni Markaziy Xitoy televideniyesi xabar qildi.
Mahalliy hukumat ma'lumotiga ko‘ra, qurbonlarning 96 nafari birinchi portlashdan so‘ng yetib borgan o‘t o‘chiruvchi hamda 11 nafar politsiya xodimidir. Portlash natijasida 800dan kishi jarohatlangan.
5 sentabr kuni, shuningdek, mahalliy OAV hodisa joyida yodgorlik o‘rnatilib, uning atrofidagi 24 gektar hudud boqqa aylantirilishini xabar qildi. Shahar hokimiyati portlash natijasida vayron bo‘lgan turar-joy binolari o‘rniga 5 mingdan ziyod yangi xonadonlarni qurish rejasini ham ma'lum qildi.

Top