19:19 / 06.09.2015
2654

“Monako” Marsyal “MYu” tarkibida 25 ta gol ursa va “Oltin to‘p”ga nomzodlar o‘ntaligidan joy olsa qo‘shimcha 30 mln yevro oladigan bo‘ldi

“Monako” va “Manchester Yunayted” o‘rtasida hujumchi Antoni Marsyalning transferi bo‘yicha kelishuvning detallari ma'lum bo‘ldi.

“Manchester Yunayted” “Monako”ga 19 yoshli hujumchi uchun 50 mln yevro to‘laydi. “Monako” agar Marsyal “MYu” tarkibida 25 ta gol ursa 10 mln yevro, Fransiya terma jamoasi safida 25 ta o‘yin o‘tkazsa 10 mln yevro va “Oltin to‘p” uchun ovoz berishda nomzodlarning yuqori o‘ntaligidan joy olsa yana 10 mln yevro bonus sifatida oladigan bo‘ldi.
Bu haqda tvitterda Goal.com jurnalisti Muhammad Ali ma'lum qildi.

Fransiyaning o‘tgan mavsumdagi chempionatida Marsyal 35 o‘yinda 9ta gol urib (bittasi penaltidan), 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Top