09:23 / 06.09.2015
2308

Irlandiya kemasi O‘rta Yer dengizida 329 muhojirni qutqardi

Irlandiya harbiy dengiz kuchlariga tegishli Niamh kemasi Liviya qirg‘oqlari yaqinida 329 muhojirni qutqardi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, 3 kema bortidagi muhojirlar ichida 11 ayol va 1 nafar bola bo‘lgan. Ularni qutqarish uchun rezinali qayiqlardan foydalanilgan.

Ushbu yil davomida O‘rta Yer dengizida 2.5 mingdan ortiq muhojir halok bo‘ldi.

Top