00:37 / 06.09.2015
2711

Jan-Mari Le Pen yangi partiya tashkil etdi

Fransiyaning “Milliy front” partiyasi safidan chiqarib yuborilgan uning asoschisi Jan-Mari Le Pen 5 sentabrda “Ko‘k-oq-qizil uyushma” deb atalgan yangi siyosiy tuzilma yaratganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Qayd etilishicha, partiya o‘zining nomini Fransiya bayrog‘idagi ranglarga monand ravishda olgan.

“Milliy frontga” kirmaydigan har bir odam istalgan guruhni yaratish huquqiga ega”, deb aytdi Jan-Mari Le Pen.
Le Pen yangi partiya yaratish haqidagi istagini may oyida bildirgan edi. Avgust oxirida esa “Milliy front” ijrochi byurosi o‘z safidan uning asoschisi Le Penni chiqarib yubordi.

Top