21:35 / 06.09.2015
3808

Mo‘g‘uliston hukumati mamlakatda tuz iste'molini 10 yil ichida 2 barobarga kamaytirmoqchi

Mo‘g‘uliston hukumati mamlakatda tuz iste'molini kamaytirish milliy strategiyasini qabul qildi, deb yozmoqda FlashSiberia nashri.

Qayd etilishicha, strategiya 10 yilga mo‘ljallangan.

Mo‘g‘uliston Jamoatchilik sog‘lig‘ini saqlash milliy markazi ma'lumotlariga ko‘ra, Mo‘g‘uliston aholisi o‘rtacha kuniga 11 gramm tuz, mamlakatning g‘arbiy viloyatlari aholisi esa 15,5 gramm tuz iste'mol qiladi. Bu orada Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti kuniga 5 grammdan ko‘p tuz iste'mol qilmaslikni tavsiya qiladi.

Top