16:10 / 06.09.2015
2187

Rim papasi Yevropa katoliklarini qochqinlarga yordam berishga chaqirdi

Rim papasi Frantsisk Yevropaning katolik jamoalarini qochqinlar oilalarini qabul qilishga chaqirdi. Bu haqda France Presse agentligi xabar berdi.
Bundan tashqari, cherkovlar, ibodatxonalar va diniy jamoalar ham qochqinlarni qabul qiladi.
“Har bir diniy jamoa, har bir ibodatxona, har bir cherkov bittadan oilani qabul qiladi”, - dedi u Rimdagi Avliyo Pyotr maydonida bo‘lib o‘tgan ibodat chog‘da.
Papaning so‘zlariga qaraganda, Vatikandagi ikki cherkov birinchi bo‘lib qochqinlarni qabul qiladi.

Top