18:00 / 06.09.2015
3165

Shennon Briggs, raqibini yenggach, Klichko bilan jangni talab qildi

Boks bo‘yicha superog‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Shennon Briggs amerikalik raqibi Maykl Marroneni nokautga uchratdi. Floridada o‘tgan jang Briggs foydasiga 2-raundda yakunlandi. Bu haqda Boxingscene xabar bermoqda.
Jang tugagach, 43 yoshli bokschi ukrainalik Vladimir Klichkoga murojaat qilib, uni ringda uchrashishga da'vat etdi.
Briggs o‘tgan yil bahoridan buyon Klichkoni jangga ko‘ndirishga harakat qilmoqda. Ammo 38 yoshli ukrainalik sportchi rad javobini bermoqda. Briggs uni ko‘ndirish uchun bir qancha provokatsiyalarni amalga oshirdi, jumladan, poyafzal uloqtirdi, u ovqatlanayotgan restoranga kirib, unga xalaqit berdi, Klichkoning ustiga suv to‘kib yubordi, Instagram’ga Klichkoning qulashi aks etgan kollaj joylashtirdi va h.k. Briggsning ta'kidlashicha, bu voqealar reklama akti emas.

Top