14:57 / 06.09.2015
7755

Tojikistonda 2 oliy martabali harbiy qo‘lga olindi

Tojikistonda qurolli hujumlar uyushtirishda ayblanib 2 nafar oliy martabali harbiy qo‘lga olindi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Mudofaa vazirligi desantchi brigadasi komandiri o‘rinbosari podpolkovnik Mustafo Nazarov va mudofaa vazirligi moliya boshqarmasi katta inspektori mayor Nasim Yusupovlar juma va shanba kunlari Dushanbe va Vahdatda sodir etilgan hujumlarga ko‘mak berganlikda ayblanib qo‘lga olindi”, - deyiladi vazirlik xabarnomasida.
Ta'kidlanishicha, zobitlar tayyorlanayotgan hujumlar haqida ma'lumotga ega bo‘la turib bu haqida rahbariyatni boxabar qilmagan.

Top