18:56 / 07.09.2015
2339

Bobbi Charlton Milliy futbol muzeyida Shon-shuhrat xiyoboni tashkil qildi

1966 yili Angliya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan sobiq futbolchi Bobbi Charlton Manchester shahridagi Milliy futbol muzeyi hududida tashkil etiladigan Shon-shuhrat xiyoboniga o‘rnatiladigan ilk hurmat taxtasini namoyish qildi.

Bu taxtachaga muzey direktori hisoblanadigan Bobbi Charltonning ismi tushirilgan. Unda shuningdek, 1966 yilgi chempionatni yutgan Angliya terma jamoasi futbolchilari surati tasvirlangan. Bu suratda Bobbi Mur, Gordon Benks va Nobbi Staylz kabi futbolchilarni ko‘rish mumkin.

Ma'lumot uchun, Milliy futbol muzeyi 2001 yilda tashkil qilingan. Avvaliga u Angliyaning Preston shahrida joylashgandi, 2012 yilda esa Manchester shahriga ko‘chirilgan. Muzeyni tez-tez taniqli shaxslar ziyorat qilib turishadi.

Top