19:06 / 07.09.2015
3467

Kinoshunos: xususiy kinostudiyalar ham osmondan tushmagan

Bugungi kunda O‘zbekiston kinematografining eng salmoqli qismini xususiy kinostudiyalar mahsuloti tashkil qiladi. Ko‘pgina mutaxassislar bu studiyalarni saviyasizlikda, sifati past mahsulot ishlab chiqarishda ayblaydi. Lekin bunday kinostudiyalarga bepisand munosabatda bo‘lish to‘g‘ri emas. Bu haqda kinoshunos A'zam Ishoqov fikr bildirdi.

”Xususiy film, xususiy kinostudiyalarga bepisand, mensimay munosabatda bo‘lmaslik kerak, – dedi u “Darakchi” nashriga bergan intervyusida. – Xususiy studiyalarda ham o‘zimizning milliy kadrlar ishlaydi, osmondan tushgan yoki chet davlatdan kelgan kadrlar yo‘q. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, dunyo kino tarixida filmlarning faqatgina 5 foizi tomoshabinlar e'tiboriga sazovor bo‘lib, san'at asari darajasida baholanar ekan. Qolgan 95 foizi esa faqat tomoshabin kayfiyatiga moslab ishlangan, unga yoqishi kerak bo‘lgan o‘tkinchi filmlar ekan. Bugun ko‘rib, ertaga unutiladigan bunday filmlar faqat bizda emas, butun dunyoda bor”.

Top