09:55 / 07.09.2015
4827

KUN.UZ dayjesti: 6 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

E'tiboringizga 5 sentabr kuni o‘quvchilar tomonidan faol ravishda muhokama qilingan xabarlarni takroran havola etamiz.

AQShda musulmon styuardessa alkogol ichimliklarini tarqatishni istamagani uchun ishdan haydaldi>>

Amerikaning ExpressJet aviakompaniyasida styuardessa bo‘lib ishlaydigan Chari Stenli (Charee Stanley) parvoz vaqtida alkogol ichimliklarini buyurtma qilgan yo‘lovchilarga ularni tarqatishdan bosh tortgani uchun ishdan haydaldi.

 

“Matritsa” filmi prodyusserlari Muhammad Payg‘ambar haqida film olishadi>>

Qatarning “Alnoor Holdings” media-guruhi payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi film suratga olish bo‘yicha tayyogarlik ishlari boshlanganini e'lon qildi.

 

Nazarzoda tarafdorlariga oyiga 100 dollardan berib turilganligi aytildi>>

Yaqinda isyonchi general Abduhalim Nazarzodaga tarafdorlikda gumon qilinib qo‘lga olingan zobitlar va IIV xodimlari undan oyiga 100 dollardan olib turgani aytildi.

 

Dunyo olimlari eng yoqimtoy jonivorni tanlashmoqda>>

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida dunyodagi eng yoqimtoy mavjudotni qidirish bo‘yicha fleshmob davom etmoqda. Sayyoraning turli burchaklarida yashovchi odamlar #CuteOff xeshtegi yordamida o‘zlari yoqimtoy deb sanagan jonivorlarning suratlarini tarmoqqa joylashtirmoqda.

 

Klyuyvert: Messi Ronaldu oldida qarzdor>>

“Barselona” jamoasining sobiq hujumchisi Patrik Klyuyvertning fikricha, Krishtianu Ronaldu bo‘lmaganida Lionel Messi bu qadar kuchli o‘yin namoyish qilmas edi.

 

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Madinada ibodatlarni boshlashdi>>

O‘zbekistondan haj safariga chiqqan ziyoratchilarimizning dastlabki guruhlari Saudiya Arabistonining Madina shahriga yetib bordi.

 

Saakashvili Kolomoyskiyni Putinga o‘xshatdi>>

Ilgariroq Kolomoyskiy Gruziyaning sobiq prezidentini itga o‘xshatgan edi. Bunga javoban siyosatchi tijoratchini Rossiya prezidenti Vladimir Putinga o‘xshatdi.

 

Germaniyada qadimiy masjid qoldiqlari topildi>>

Arxeologlar Berlinning chekka hudududidan 1915 yilda qurilgan eski masjid qoldiqlarini topishdi. Germaniyadagi bu ilk masjid 1925 yil 4 ming nafar musulmon harbiy asirlar uchun qurilgan.

 

Emomali Rahmon Vahdatga bordi>>

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon isyonchi general Abduhalim Nazarzodaning tarafdorlariga qarshi kurash ketayotgan Vahdat (Dushanbedan 20 km sharqda) shahriga tashrif buyurdi.

 

Moskva jamoat transportida yo‘l haqini telefon orqali to‘lash imkoniyati tug‘ildi>>

MTS, “Bilayn” va “Megafon” Moskva metropoliteni, shahar transport departamenti va “Briz Texnologii” MChJ bilan hamkorlikda Moskva jamoat transportida yo‘l haqini telefon orqali to‘lash xizmatini joriy qildi.

Top