20:53 / 07.09.2015
2887

Lyuksemburg terma jamoasining 15 nafar o‘yinchisi Belarus bilan o‘yindan oldin zaharlanishdi

Futbol bo‘yicha Lyuksemburg terma jamosining 15 nafar o‘yinchisi 2016 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida Belarus jamoasiga qarshi o‘yindan oldin oshqozon-ichak faoliyati buzilishidan aziyat chekishmoqda. Uchrashuv 8 sentabrga belgilangan. Bu haqda Luxemburger Wort gazetasi ma'lum qildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchilar 6 sentabr kuni kechki ovqat paytida zaharlangan bo‘lishlari mumkin. Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, lag‘mon bilan tortilgan boloneze sousi bunga sabab bo‘lishi mumkin. Aynan shu taom iste'mol qilgandan keyin 15 futbolchi kechasi bezovtalanib, hojatxonaga tez-tez qatnaganidan shikoyat qilgan. Hozir futbolchilar dorilar qabul qilishmoqda.
“Birinchi navbat suyuqlikning yo‘qolishini qoplash kerak. Biz kasallikning aniq sabablarini ayta olmaganimiz uchun alomatlarga qarab ish tutmoqdamiz”, deydi jamoa shifokori Robert Yuberti.

Ma'lum qilinishicha, futbolchilar 7 sentabr kuni ertalab o‘zlarini yomon his qila boshlashgan. Lyuksemburg futbol federatsiyasi bosh kotibi Yoel Volff UYeFAga uchrashuvni boshqa sanaga ko‘chirish imkoni bo‘yicha murojaatnoma yubordi. Hozircha UYeFAdan hech qanday javob olinmadi, biroq uchrashuvning ko‘chirilishi imkoniyatlari past baholanmoqda. Lyuksemburg bosh murabbiyi va futbolchilar o‘yinni o‘z vaqtida o‘tkazishni istashyapti.

Uchrashuv 8 sentabrda Borisovoda Toshkent vaqti bilan 01:45 da boshlanishi kerak.

Top